Ma'ruzachilar
Jamshid Qoʻchqorov Janobi Oliylari Toshkent xalq xoʻjaligi institutini (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) va 1996-yilda Kolorado davlat universitetini (AQSH) tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1985-yilda "Kattaqoʻrgʻon rayselxoztexnika" korxonasida katta hisobchi lavozimida boshlagan. 1985-yildan 1987-yilgacha armiyada xizmat qilgan. 1987-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti aspiranturasiga oʻqishga kirib, u yerda 1990-1993-yillarda oʻqituvchi boʻlib ishlagan.

1993-yilda Oʻzbekiston Markaziy bankida ish boshlagan. 1996-1997-yillarda Oʻzbekiston Markaziy banki raisining oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 1997-yilda Moliya vazirining oʻrinbosari - Moliya vazirligining Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan va 2005-yilgacha ushbu lavozimda faoliyat yuritgan. 1997-yilda u Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan Koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston-Moldova qoʻshma komissiyasining aʼzosi etib tayinlangan. 2015-2016-yillarda Moliya vaziri oʻrinbosari, soʻngra Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2016-yilda "Asaka" bank direktorlar kengashi aʼzoligiga saylangan.

2017-yilda Bosh vazirning iqtisodiy rivojlanish, investitsiyalarni tarkibiy oʻzgartirish, bank-moliya tizimini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlangan. 2017-yil 28-noyabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Bosh vazirning makroiqtisodiy tahlil va prognozlash, moliya-bank tizimini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Moliya vaziri etib tayinlangan.

Jamshid Qoʻchqorov MDH Iqtisodiy kengashi aʼzosi boʻlib, 2020-yilda mazkur kengashga raislik qilgan.

2020-yil 24-yanvarda Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, oʻsha yilning 24-fevralida esa Iqtisodiyot va sanoat vaziri etib tayilangan. 2020-yil 26-mart kuni Prezident farmoni bilan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga aylantirildi.

2020-yil 3-avgustda Prezident farmoni bilan Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Statistika kengashi aʼzosi boʻldi.
2020-yil sentyabr oyida OTBga ishga kelgunga qadar janob Lavasa 2018-yil yanvaridan 2020-yil avgustigacha Hindiston Saylov komissiyasi aʼzosi boʻlgan. U Hindistondagi turli davlat idoralarida, jumladan, moliya vazirining oʻrinbosari, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi masalalari boʻyicha vazir oʻrinbosari, fuqarolik aviatsiyasi masalalari boʻyicha vazir oʻrinbosari, energetika masalalari boʻyicha boshqarma boshligʻi lavozimlarini egallagan. Jano Lavasa moliya, energetika, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi, fuqaro aviatsiyasi, infratuzilma va turizm sohalarini qamrab olgan davlat siyosati va dasturlarni amalga oshirishda rahbarlik vazifalarini bajargan. U iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash boʻyicha Parij bitimi qabul qilingan Tomonlarning 21-konferensiyasidagi (COP 21) muzokaralarda Hindiston rasmiy delegatsiyasiga rahbarlik qilgan.
  • Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri
  • Xususiy sektordagi amaliyotlar va davlat-xususiy sheriklik boʻyicha vitse-prezident
Roundtable Chair
Korneliya Meyer xonim biznes-maslahatchi, makro-iqtisodchi, energetika sohasi mutaxassisi hamda OAV sharhlovchisidir.
U, shuningdek, MRL korporatsiyasining Raisi va Bosh ijrochi direktori hamda LBV Asset Management kompaniyasining Raisi va Bosh iqtisodchisi hisoblanadi. MRL korporatsiyasi, shu jumladan, Yevropaning oilaviy ofislar boʻyicha yetakchi platformasi boʻlgan EFO-Alliancega Bosh iqtisodchi va Axborot texnologiyalari boʻyicha direktor xizmatlarini havola etadi. Kompaniya, shuningdek, koʻp tomonlama hamkorlik sohasida faoliyat yuritadigan bir qator tashkilotlar hamda transmilliy korporatsiyalarga keng doiradagi geoiqtisodiy masalalar boʻyicha maslahat xizmatlarini taqdim etadi. Meyer xonim besh qitʼada amalga oshirilgan keng koʻlamli loyihalarda iqtisodchi, moliyachi, maslahatchi, boshqaruvchi, ishlab chiqaruvchi hamda energetika va boshqa sohalar bilan bogʻliq loyihalarda rahbar sifatida sifatida ishtirok etgan.
Uning oʻzi rivojlanayotgan bozorlarga alohida eʼtibor qaratadi.

Korneliya oʻz faoliyatini Yaponiyada boshlagan boʻlib, oʻsha paytlarda "Kunchiqar mamlkat"ning Xalqaro savdo va sanoat vaziri lavozimini egallagan Yoshiro Mori Janobi Oliylarining iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi vazifasini bajargan. Keyinchalik, u UBS, OTB va Citigroup kabi muassasalarning Tokio, Manila va Londondagi ofislarida Osiyo, Rossiya, Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharq mintaqasi boʻyicha energetika, rivojlanish va investitsiya banki sohasida bir qator yuqori lavozimlarni egallagan.

General Electric, undan keyin esa BP kompaniyasiga ishga oʻtganidan soʻng Korneliyaning faoliyati sanoat sohasiga ixtisoslashdi. 2010-yilda u maslahat xizmatlari koʻrsatadigan MRL korporatsiyasiga asos soldi. Shu bilan birga, oʻsha paytda Meyer xonim aksiyalari Muqobil investitsiyalar bozorida sotiladigan gazdan elektr energiyasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Gasol plc mustaqil kompaniyasining direktorlar kengashi raisi, soʻngra esa Kengashning strategik maslahatchisi sifatida faoliyat yuritdi.

Korneliya bir qator tijorat tuzilmalari hamda Buyuk Britaniyaning mudofaa va xavfsizlik sohalaridagi tadqiqotlar boʻyicha yetakchi tahlil markazi hisoblanuvchi Mudofaa tadqiqotlari Qirollik birlashgan instituti (RUSI) kabi notijorat tashkilotlarining kengashlarida ijroiya vakolatlariga ega boʻlmagan lavozimlarni ham egallagan. U, shuningdek, AQSH hukumati tomonidan moliyalashtirilib, Yaqin Sharq mintaqasidagi xavfsizlik masalalarini ilgari surgan "Track II" diplomatik dasturining biznes va iqtisodiy guruhiga rahbarlik qilgan.

Korneliya Oksford energiya siyosati klubi, shuningdek Istanbul moliya sammiti va Euromoney jurnali maslahat kengashlari aʼzosidir. U Jahon iqtisodiy forumining Energetika xavfsizligi boʻyicha Global kun tartibi kengashining aʼzosi boʻlgan. U Jahon iqtisodiy forumi tomonidan geoiqtisodiyot sohasidagi fikrni shakllantiruvchi arbob sifatida tan olingan.

Korneliya bir qator nufuzli OAVlar, shu jumladan, BBC, CNN, CNBC Arabia va Bloomberg kabi biznes va siyosiy xabarlargi ixtisoslashuvchi telekanallarning sharhlovchisi va mehmon boshlovchisi sifatida tez-tez koʻrinib turadi. Korneliyaning maqolalari turli bosma OAVlarda muntazam chop etiladi. Bundan tashqari, Korneliya, UBS bosh iqtisodchisi hamda Shveysariya Antimonopoliya boshqarmasi rahbari bilan birgalikda Shveysariya milliy davlat radiosida makroiqtisodiyot mavzusiga bagʻishlangan ommabop eshittirishlardan biriga mualliflik qiladi.

Korneliya Sent-Gallen universiteti, London iqtisodiyot maktabi va Tokio universitetida tahsil olgan. U Yevropa va Osiyo xalqlarinin oltita tilini biladi.
Klayv Tyorton ACWA Power kompaniyasining Investitsiyalar boʻyicha bosh direktori boʻlib, kompaniyaning barcha investitsiyalari doirasidagi loyihalarni ishlab chiqish jarayoni uchun masʼul.

ACWA Power kompaniyasiga ishga kelgunga qadar Klayv Vestas kompaniyasining Osiyo-Tinch okeani boʻlinmasi prezidenti va bosh ijrochi direktori boʻlgan. Oʻz faoliyati davomida u qisqa vaqt ichida kompaniya faoliyatini sezilarli darajada kengaytirib, yangi bozorlarga kirib borishga muvaffaq boʻldi.

Huquqshunos sifatida Klayv turli mamlakatlarda ishlagan. Keyinchalik u Gonkongdagi ING bankida loyihalarni moliyalashtirish, birlashish va qoʻshib olish sohasida faoliyat yuritgan.
Professional with twenty years of experience as Executive Director and Finance Director. Extensive management competences including strategic and operation planning, implementation of complex financial projects and compliance standards. Able to operate effectively in an international environment and build successful relations across organizational levels and cultures. Entrepreneurial spirit with a solid technical background.

Country Manager for Lithuania at Veolia
January 2021 — Present
General Manager at Litesko, Branch of Veolia in Lithuania
July 2017 — Present
President at Vilniaus Energija, Branch of Veolia in Lithuania
July 2017 — Present
Country CFO for Lithuania at Veolia
September 2015 — July 2017
CFO and Finance Vice President at Vilniaus Energija
August 2009 — September 2015
Finance Director, Member of the Board at Dalkia Slovakia
2002 — 2009
Finance controller at Dalkia Slovakia
2001 — 2002
Chief controller at Danone Slovakia
1997 — 2001
Hozirgi kunda Mark Jirar EDF kompaniyasining Xalqaro boʻlinmasida Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha Katta ijrochi vitse-prezident hisoblanadi. Bundan avval u uch yil davomida Chilida ishlagan boʻlib, kompaniyaning And mintaqasidagi faoliyati uchun masʼul boʻlgan.

U EDF guruhida turli boshqaruv lavozimlarida ishlagan boʻlib, dastlab 1992-yilda Parijdagi taqsimlash tarmoqlari ekspluatatsiyasi va texnik xizmat koʻrsatish menedjeri, keyinchalik esa Gvadelupadagi elektr stansiyasi rahbari sifatida faoliyat yuritgan. 2000-2003-yillarda u EDF guruhining Fransiya va xorijdagi turli infratuzilma loyihalariga rahbarlik qilgan. Keyin EDF kompaniyasining Fransiya Gvianasidagi vakolatxonasi rahbari etib tayinlangan va energiya ishlab chiqarish, tashish, tarqatish va sotish sohalarida ishlaydigan 500 nafar xodimdan iborat guruhni boshqargan. 2009-yilda u Fransiyada joylashib, kontinental Yevropada 2-oʻrinda turadigan Dyunkerk Suyultirilgan tabiiy gaz terminalini qurish, moliyalashtirish va ishga tushirish vazifasini oʻz zimmasiga olgan.

U Ecole Centrale Paris fransuz muhandislik maktabini tamomlagan, energetika hamda biznesni boshqarish yoʻnalishlari boʻyicha magistrlik darajalariga ega.
Rami 2007-yilda Metito Utilities kompaniyasiga asos solgan va unga rahbarlik qilib keladi. U Saudiya Arabistoni, Qatar, Ruanda, Serbiya va Oʻzbekiston kabi bozorlarda suv taʼminoti va oqova suvlarni qayta ishlash sohasidagi ilk DXSH loyihalarini ishlab chiqqan va mazkur sektordagi yetakchi mutaxassislardan biri hisoblanadi.

Rami Uorton maktabini tamomlagan boʻlib, moliya va tadbirkorlikni boshqarish yoʻnalishi boʻyicha magistrlik darajasini, Kembrij universitetidan esa kimyo muhandisligi boʻyicha magistr va bakalavr darajalarini olgan.
Mensiya xonim shahar va sanoat tarmoqlari uchun innovatsion, kommunal xoʻjalik miqyosidagi yechimlarni ishlab chiqadigan suv infratuzilmasini rivojlantirish va xizmatlar koʻrsatish sohasida dunyoda yetakchi kompaniyalardan biri hisoblangan Almar Water Solutionsning global biznesni rivojlantirish boʻyicha direktori hisoblanadi.

Mensiya xonim suv taʼminoti sohasida 18 yildan koʻproq boʻlgan tajribaga ega. Yangi biznes imkoniyatlarni izlash barobarida, u soʻnggi oʻn yil mobaynida barcha tegishli DXSH loyihalarini, xususan, suvni tuzsizlantirish yoʻnalishidagi faoliyatni boshqarib kelmoqda. Mensiya xonim Ispaniyaning Valyadolid universitetinini tamomlagan boʻlib, kimyo muhandisligi yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasiga ega.
Rémy has 30+ years of experience in private equity and investing in infrastructure projects with a wide experience in emerging markets across Eastern Europe and Africa. He started his career in the financial sector in the US, and then moved to Bouygues' Financial Engineering & BD team. Rémy has also spent 9 years at Actis as investment director in private equity and worked for more than 12 years as Senior Banker at the European Bank for Reconstruction and Development in London where he was in charge of equity investments in Infrastructure. Remy graduated from the Paris Institute of Political Studies and holds a Masters in business and finance from Dauphine University in Paris and an international executive program degree from INSEAD.
A seasoned professional and solar PV expert with more than 15 years in the industry. Mr. Qteishat has been involved in the solar PV industry in the middle east since its inception and has delivered around 3.5 GW (~ USD 3 Billion) of renewable energy projects. Mothana's professional experience in the industry spans the entire value chain where he has worked with module suppliers, EPC contractors and project developers/investors.

Currently Serving as Snr Managing Director for Jinkopower –MEA & APAC, Board Member for Sweihan 1.2GW Project Company, and Board Member of Dafrah PV2 2.2 GW project Company
Byulent Ayxan moliyaviy menedjment va rivojlanish sohasidagi loyihalarda 20 yildan koʻproq boʻlgan tajribaga ega. Hozirgi kunda u CCN Group kompaniyasida Biznesni rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha direktor lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Janob Ayxan Sogʻliqni saqlash sohasidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalari, shu jumladan, Mersin va Bilkent tibbiyot shaharchalari loyihalaridagi faoliyat jarayoni va xizmatlarni nazorat qiladi. Shuningdek, u xalqaro bozorlarda sogʻliqni saqlash sohasidagi keng koʻlamli loyihalarni konsessiya shartnomalari asosida amalga oshirmoqda.

Uning xizmat vazifalariga loyihalarni ishlab chiqish, faoliyatni yoʻlga qoʻyish va jihozlarni xarid qilish boʻyicha tenderlarni oʻtkazish, shuningdek, pudratlar boʻyicha muzokaralar oʻtkazish va bitimlarni yopish kabilar kiradi. CCN Group kompaniyasiga ishga kirgunga qadar janob Ayxan AQSHda infratuzilma sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan bir qator lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Janob Ayxan Jorjtaun universiteti huzuridagi MakDonou biznes maktabining Biznesni boshqarish boʻyicha magistr va Bogʻozichi universitetining kimyo muhandisligi boʻyicha bakalavr darajalariga ega. Ingliz va nemis tillarida erkin soʻzlashadi.
Devid Markaziy va Sharqiy Yevropa, Bolqon mintaqasi va Markaziy Osiyo mamlakatlarida oʻsish strategiyalariga rahbarlik qilish bilan birga Voltalia kompaniyasida kommunal xoʻjalik miqyosida elektr energiyasi taʼminoti boʻyicha tenderlarni boshqaradi.

Energetika va qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida 30 yillik tajribaga ega boʻlgan energetika sohasi faxriysi Devid biznesni rivojlantirish, strategik rejalashtirish va umumiy boshqaruv yoʻnalishlaridagi bir qator rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Devid Voltalia kompaniyasiga Masdar kompaniyasidan kelgan boʻlib, u yerda kompaniya faoliyatini Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Markaziy Osiyo mintaqalariga kengaytirish uchun masʼul boʻlgan.

Masdar kompaniyasidagi faoliyatiga qadar Devid yigirma yil davomida SunPower (TotalEnergies) va Alstom (hozirgi GE Renewable Energy) kompaniyalarida kichik energetika tizimlari, aqlli energetika tizimlari va energiya hisobi boʻlinmalariga rahbarlik qilgan.

Devid Fransiyadagi CentraleSupelec maktabini elektr muhandisi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1980-yilda Moskva aviatsiya institutini (MAI)tamomlagan, aspiranturada tahsil olgan. Texnika fanlari nomzodi (1986).

1986-1993-yillarda – "Aeronavigatsiya" davlat ilmiy-tadqiqot institutida loyihalar boʻyicha menedjer.

1996-2005-yillarda - Airport Management Company Ltd kompaniyasi vakolatxonasida biznesni rivojlantirish boʻyicha direktor.

2005-2006-yillarda — COALCO LTD kompaniyasi vakolatxonasi boshqaruvchi direktori.

2006-yilda – "Gruppa Sintez" MCHJ bosh direktori.

2007-2008-yillarda – "Bazovыye elementы" kompaniyasining aviatsiya sektori boshligʻi, aviatsiya aktivlarini boshqarish boʻyicha kuzatuv kengashi raisining maslahatchisi, "Aviatsionnыye linii Kubani" OAJ va "Bazel Aero" MCHJ bosh direktori.

2008-yildan — "Airport Systems Development" MCHJ bosh direktori.

2010-yildan — "Innovatsionnыy Sentr grajdanskoy aviatsii" MCHJ prezidenti.

2011-yildan — "Traninfotex" MCHJ bosh direktori. 2014-yildan — Xalqaro aeroportlar assotsiatsiyasi ijrochi direktori.

2015-2018-yillarda — Yer usti fazoviy infratuzilma obyektlaridan foydalanish markazi bosh direktori,

2019-2021-yillarda —"S7 Space" MCHJ bosh direktori.
Timur Ishmetov Janobi Oliylari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri lavozimini 2020-yildan buyon egallab kelmoqda. Janob Ishmetov hukumat tizimidagi faoliyatini 2000-yilda boshlagan boʻlib, soʻnggi yigirma yil ichida uning davlat moliya sektoridagi masʼuliyat doirasi kengayishi bilan mansabi ham muntazam ravishda koʻtarilib bordi.

Janob Ishmetov Moliya vaziri lavozimiga tayinlanishidan avval ushbu sohada turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritdi, jumladan:
2019-2020-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
2017-2019-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari 2017-2017-yillarda – Davlat investitsiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
2010-2017-yillarda – Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi 2009-2010-yillarda - Markaziy bankning Pul amaliyotlari boshqarmasi boshligʻi
2008-2009-yillarda – Markaziy bankning Xalqaro zahiralarni boshqarish boshqarmasi boshligʻi 2004-2008-yillarda – Markaziy bankning Valyuta operatsiyalari boshqarmasi boshligʻi, boshqarma boshligʻining oʻrinbosari – boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi. Janob Ishmetov mutaxassisligi boʻyicha moliyachi (bank va kredit) va huquqshunos. Toshkent moliya instituti, Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya) hamda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Janob Isoqov 2002-yilda Manchester Metropoliten universitetining (Buyuk Britaniya) korxonalar iqtisodiyoti yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatini tugatgan (imtiyozli diplom bilan) va 2006-yilda Stretchklayd universitetining
(Buyuk Britaniya) moliya yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasini olgan. 2012-yilda janob Isoqov Moliyaviy tahlilchi diplomini olgan.

2018-yil sentyabr oyida janob Isoqov Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Moliya vazirining maslahatchisi va yangi tashkil etilgan Qarzlarni boshqarish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ish boshladi. 2019-yil mart oyidan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi.

2006-yilda janob Isoqov HSBC bankining Global bank ishi va bozorlar oliy kurslariga tahlilchi sifatida taklif etildi. HSBCdagi 12 yillik faoliyati davomida u direktor laozimigacha koʻtarilib, Rivojlanayotgan mamlakatlarning qarz kapitali bozorlariga ixtisoslashdi. U moliyaviy bitimlar borasidagi katta tajribaga ega boʻlib, kapital bozorida 70 dan ziyod muvaffaqiyatli bitimlarni amalga oshirishga muvaffaq boʻlgan (shu jumladan Polsha, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Ruminiya, Vengriya, Qozogʻiston va boshqa davlatlarda).
Malvichini xonim qariyb 29 yillik ish tajribasiga ega boʻlib, oxirgi 16 yil davomida OTBda amaliyotlar va aloqalar sohasida bir qator yetakchi lavozimlarni egallab kelmoqda.

Malvichini xonim OTBning Oʻzbekistondagi faoliyatiga 2017-yildan buyon rahbarlik qilib, OTBning 2021–2023-yillarga moʻljallangan Mamlakatdagi amaliyotlar biznes-rejasi hamda Mamlakat bilan sheriklik strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qiladi. Reja va strategiya infratuzilmaga investitsiyalar kiritish, inson kapitali va xususiy sektorni rivojlantirish hamda mintaqaviy integratsiya va ijtimoiy integratsiyani rivojlantirish orqali mamlakatning taraqqiyot sohasidagi uzoq muddatli ehtiyojlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Malvichini xonim Kornell universitetining qishloq xoʻjaligi (suv resurslarini boshqarish) hamda Uiton Oliy maktabining madaniyatlararo tadqiqotlar yoʻnalishlaridagi magistrlik darajalariga ega.
Janob Niyozi rivojlanayotgan aʼzo davlatlar bilan makro va fiskal siyosat, davlat moliyasi, daromadlarni boshqarish, fiskal tizimni markazsizlashtirish, munitsipal moliya, infratuzilmani moliyalashtirish, davlat qarzini boshqarish, tabiiy ofatlar xatarlarini moliyalashtirish, kapital bozorini rivojlantirish, pensiya islohotlari, sud-huquq sohasi islohotlari, davlat-xususiy sheriklik sohalarida ishlaydigan 25 nafar mutaxassisdan iborat guruhga rahbarlik qiladi. U 30 yillik ish tajribasiga ega boʻlib, buning 15 yili – OTBdagi faoliyatga toʻgʻri keladi. OTBga ishga kelgunga qadar u Jahon bankining Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi boshqarmasida kambagʻallikni qisqartirish va iqtisodiyotni boshqarish tarmogʻida faoliyat yuritgan. U Osiyo va Sharqiy Yevropaning 20 dan ziyod davlatida ishlagan. Kolumbiya va Garvard universitetlarini tamomlagan boʻlib, iqtisodiyot va davlat siyosati yoʻnalishlari boʻyicha magistr va aspirant darajalariga ega.
Dilnavoz Qoʻldosheva – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida boʻlim boshligʻi.
U loyihalarni ishlab chiqish jarayonida pudratchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi. Shuningdek, u Oʻzbekistondagi DXSH loyihalarini tahlil qilish va hisobini yuritish uchun masʼul boʻlgan. Hozirgi kunda u Agentlikning Sogʻliqni saqlash sohasidagi loyihalar boʻlimiga rahbarlik qilishiga qaramasdan, energetika, transport va taʼlim sohalaridagi loyihalar bilan ham shugʻullangan.

Davlat boshqaruvi sohasida besh yildan oshadigan ish tajribasiga ega boʻlgan Dilnavoz Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi hamda vazirlikning Davlat qarzi departamentida bir qator lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Dilnavoz Uels universitetining Bank va moliya boʻyicha fan bakalavri (2015-yil) va Buyuk Britaniyaning Stratklayd universiteti biznes maktabining investitsiyalar va moliya boʻyicha fan magistri (2021-yil) darajalariga ega.

Oʻzbek tili ona tili boʻlgani holda, rus, ingliz va turk tillarida erkin soʻzlashadi.
1995-yilda Toshkent Arxitektura-qurilish institutini tamomlagandan soʻng, janob Nazarov "Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasida yetakchi mutaxassis sifatida ish boshlagan. "Oʻzavtoyoʻl"dagi 21 yillik faoliyati davomida jano Nazarov yuqori masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan boʻlib, 2011-2017-yillarda boshqaruv raisi oʻrinbosari boʻlgan.

2017-yildan buyon janob Nazarov Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YETTB) Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha boshqaruvchi direktori Jujanna Xargitay xonim - Vengriya fuqarosi. Ushbu lavozimda u 2021-yil may oyidan buyon bankning Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistondagi faoliyatiga rahbarlik qiladi.

YETTB tizimida 1992-yilda ish boshlagan Xargitay xonim Gʻarbiy Bolqon mamlakatlari, Vengriya va Xorvatiyada mamlakat boʻyicha menedjer, shuningdek, mamlakat boʻyicha strategiya va natijalarni boshqarish boʻyicha direktor hamda Yevropa Ittifoqi fondlarini birgalikda moliyalashtirish va moliyaviy vositalar boʻyicha direktor lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018-2021-yillar davomida u Gʻarbiy Bolqon mintaqasi boʻyicha direktor, mintaqaviy rahbar lavozimini egallagan.

Xargitay xonim Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini imtiyozli diplom bilan tugatgan, shuningdek, London biznes maktabida tahsil olgan.
Richard Ernst & Young kompaniyasida Markaziy va Sharqiy Yevropa/MDH mamlakatlari, xususan, Markaziy Osiyodagi infratuzilma loyihalari doirasida maslahat xizmatlarining koʻrsatilishi uchun masʼul. U infratuzilma sektorida xususiylashtirish, DXSH, birlashish va qoʻshib olish, mablagʻlarni shakllantirish, qarz va kapitalni jalb qilish boʻyicha 30 yillik tajribaga ega. Oʻz faoliyati davomida u infratuzilma sektoridagi turli loyihalarda, jumladan, infratuzilmani rivojlantirish mablagʻlarni boshqarish, investitsiyalar va bank ishi, korporatsiyalar, institutsiyaviy investorlar va hukumatlarga moliyaviy maslahatlar berish bilan shugʻullangan. Richard transport sohasiga, xususan, aviatsiya infratuzilmasi, jumladan, aeroportlarni rivojlantirish yoʻnalishiga ixtisoslashgan.
Muhammad Alsayyid davlat va xususiy sektorda infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va moliyalashtirish boʻyicha 20 yildan koʻproq boʻlgan tajribaga ega. DXSH boʻyicha menedjer lavozimiga tayinlanishdan avval u ITBda bir qator lavozimlarda, jumladan, suveren loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan Energetika, transport va AKT boshqarmalari menedjeri sifatida faoliyat yuritgan. Janob Alsayyid BMTning 7-Barqaror rivojlanish maqsadi (BRM) boʻyicha Texnik maslahat guruhi aʼzosi hamda Koʻp tomonlama rivojlanish bankining infratuzilmaviy hamkorlik platformasi aʼzosi hisoblanadi.
Zokir Bozorov davlat moliyasi sohasidagi faoliyatini 2004-yilda Buxoro viloyati, Kogon shahar moliya boʻlimida boshlab, u yerda 2013-yilgacha quyidagi lavozimlarda faoliyat yuritgan:
2004-2006-yillar - 1-toifali iqtisodchi
2006-2007-yillar - 1-toifali iqtisodchi - Gʻaznachilik
2008-2012-yillar - Iqtisodiy xarajatlarin moliyalashtirish boʻlimi boshligʻi
2012-2013 - Moliya boʻlimi boshligʻi

2013-yilda Zokir Bozorov Moliya vazirligida ish boshlagan va hozirgi kunda DXSHni rivojlantirish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Bundan avval janob Bozorov quyidagi lavozimlarni egallagan:
2013-2015-yillarda - Isteʼmol bozori, transport, aloqa va turizm sohalarini moliyaviy va narx jihatidan tartibga solish boshqarmasi Uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida moliyaviy tartibga solish boʻlimi bosh iqtisodchisi.
2015-2017-yillarda – Isteʼmol bozori, transport, aloqa va turizm sohalarini moliyaviy va narx jihatidan tartibga solish boshqarmasi Uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida moliyaviy tartibga solish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari
2017-2019-yillarda – Moliyaviy boshqarma Toza ichimlik suvi jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish boʻlimi boshligʻi 2019-2019-yillarda – Uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida moliyaviy tartibga solish va monitoring boʻlimi boshligʻi – Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida moliyaviy tartibga solish boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari
2019-2019-yillarda - Uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida moliyaviy tartibga solish boʻlimi boshligʻi
2021-yil dekabr oyidan boshlab janob Xoʻjanov DXSHni rivojlantirish agentligi direktorining energetika sektori boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 2019-2021-yillarda DXSHni rivojlantirish agentligiga ishga kelgunga qadar u Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Tarif siyosati, elektr energetika, koʻmir sanoati va sanoatning asosiy sektorlarini isloh qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

2007-2019-yillarda Germaniyadagi bir qator muassasa va kompaniyalarning energetika loyihalarida (bugʻ-gaz qurilmasi, shamol, quyosh, biomassa) menedjer va loyiha koordinatori sifatida ishlagan.
Adrian - Avstraliya fuqarosi. U 23 yillik professional tajribaga ega boʻlib, shundan
11 yili – OTB hissasiga toʻgʻri keladi. Adrian DXSH bitimlarining barcha jabhalari boʻyicha ulkan tajriba va bilim orttirgan. U ANZ investitsiya banki, Societe Generale kompaniyasining loyihalarni moliyalashtirish guruhi, Westpac banki hamda Ernst & Young Corporate Finance kompaniyasida turli lavozimlarda, shu jumladan, moliyaviy bitimlar boʻyicha maslahatchi, siyosat boʻyicha maslahatchi, qarz mablagʻlari taʼminotchisi va bir qator DXSH bitimlarida asosiy investor sifatida faoliyat yuritib, DXSH sohasida katta tajriba toʻplagan.
Kevin Ross XVJning Oʻzbekiston va Tojikistondagi doimiy vakili. XVJning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi departamenti xodimi sifatida u Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasidagi bir qator mamlakatlarda ishlagan, mazkur davlatlar markaziy banklari xodimlari uchun har yili 3 kunlik seminarlarni oʻtkazgan va bir qator mintaqaviy iqtisodiy forumlarda ishtirok etgan.

Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi departamentiga ishga kelishdan avval u XVJning Gʻarbiy yarimshar departamentida Peru va Paragvay boʻyicha mintaqaviy vakili boʻlgan. Jamgʻarmadagi faoliyati davomida u Strategiya, siyosat va tahlil boʻlimida hamda Yevropa departamentida bir qator rivojlangan va oʻtish davridagi mamlakatlar bilan ishlagan. Uning ilmiy maqolalari, asosan, pul-kredit va valyuta siyosati, oʻsish va inflyatsiya dinamikasi, bank sektoridagi raqobat va samaradorlik hamda investitsiya masalalariga bagʻishlangan. U Shimoliy Karolinadagi Uilmington universiteti va Madriddagi Karlos III universitetida dars bergan.
Metyu YETTBning energetika, transport va kommunal sektorlarni qamrab oluvchi Barqaror infratuzilma siyosati va loyihalarni tayyorlash masalalari boʻyicha direktori. Uning faoliyat doirasi davlat darajasidagi siyosatni qoʻllab-quvvatlash, DXSH bitimlari boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatish hamda loyihani tayyorlash/texnik ekspertiza va amalga oshirish masalalarini qamrab oladi. Metyu, shuningdek, bankning Barqaror infratuzilma boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyatiga rahbarlik qilib, ular DXSH hamda davlat sektoridagi loyihalar yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqish sifati
va loyihalarni tayyorlash samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bundan tashqari, u Rivojlanish sohasidagi koʻp tarmoqli banklar, "Katta yigirmatalik" hamda IHTTning infratuzilmani qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan global tashabbuslarga qaratilgan ishchi guruhlari faoliyatida ham yaqindan ishtirok etadi. Hozirgi lavozimga tayinlanishdan avval u 2014-2018-yillarda YETTBning Infratuzilma siyosati boʻlimi boshligʻi, 2008-2013-yillarda esa YETTBning shahar transporti boʻyicha katta mutaxassisi boʻlgan. YETTBga ishga kelgunga qadar u 1999-2007-yillarda Vashington (AQSH) va San-Xose (Kosta-Rika) shaharlarida Amerikalararo taraqqiyot bankida transport sohasi boʻyicha mutaxassis boʻlib ishlagan. AQSHning Merilend universitetini tamomlagan boʻlib, rejalashtirish yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasiga ega.
Munir Feruzi – XMKning Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Turkiya, Pokiston va Afgʻoniston (YAMT) mintaqasida moliyaviy bitimlar boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatish guruhining rahbari. Mazkur lavozimda u mintaqaviy guruh faoliyatini boshqarib, mintaqadagi mamlakatlar hukumatlariga infratuzilma
va ijtimoiy sohalarda DXSH va xususiylashtirish jarayonlarini sotuvchi sifatida shakllantirish va amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy maslahat xizmatlarini taqdim etadi. U Amman, Dubay, Toshkent va Karachida joylashgan mintaqaviy markazlar orqali YAMT mintaqasidagi faoliyatni boshqaradi. Ilgari esa u Qohira va Rabotdagi ikkita markazni qamrab olgan Shimoliy Afrika mintaqasini ham boshqargan.

Munir mintaqadagi eng innovatsion va murakkab xususiyatga ega boʻlgan bitimlar boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatgan.
U tijoriy va investitsiyaviy bank ishi sohasida katta tajribaga ega boʻlib, Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyoda faoliyat yuritgan. XMKga ishga kelgunga qadar u Londondagi
ANZ investitsiya bankida (ANZIB) yuqori lavozimlarda ishlagan.
ANZIBda u kontinental Yevropada elektr energetikasi sohasidagi yirik va murakkab loyihalarni moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan bitimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha Yevropa energetika tashabbusiga rahbarlik qilgan. Bunga qadar esa u loyiha va korporativ moliya bitimlari uchun birlamchi va ikkilamchi sindikatsiyalar boʻyicha anderrayting xizmatlari boʻlimiga rahbarlik qilgan va shu maqomda ishlab chiqarish, isteʼmol tovarlari va farmatsevtika sohalaridagi Global aloqalar boʻyicha katta menejer sifatida Bankning Yevropadagi eng yirik transmilliy mijozlari uchun qiymati 2 milliard AQSH dollaridan ziyod boʻlgan qarzlarni boshqargan va yirik transmilliy mijozlar uchun global miqyosda transchegaraviy moliyalashtirish masalalarida koʻmaklashgan.

Munir London biznes maktabini tamomlagan boʻlib, Moliya va strategiya yoʻnalishi boʻyicha Biznesni boshqarish magistri darajasiga ega. U Buyuk Britaniya fuqarosi.
Munir Feruzi – XMKning Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Turkiya, Pokiston va Afgʻoniston (YAMT) mintaqasida moliyaviy bitimlar boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatish guruhining rahbari. Mazkur lavozimda u mintaqaviy guruh faoliyatini boshqarib, mintaqadagi mamlakatlar hukumatlariga infratuzilma
va ijtimoiy sohalarda DXSH va xususiylashtirish jarayonlarini sotuvchi sifatida shakllantirish va amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy maslahat xizmatlarini taqdim etadi. U Amman, Dubay, Toshkent va Karachida joylashgan mintaqaviy markazlar orqali YAMT mintaqasidagi faoliyatni boshqaradi. Ilgari esa u Qohira va Rabotdagi ikkita markazni qamrab olgan Shimoliy Afrika mintaqasini ham boshqargan.

Munir mintaqadagi eng innovatsion va murakkab xususiyatga ega boʻlgan bitimlar boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatgan.
U tijoriy va investitsiyaviy bank ishi sohasida katta tajribaga ega boʻlib, Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyoda faoliyat yuritgan. XMKga ishga kelgunga qadar u Londondagi
ANZ investitsiya bankida (ANZIB) yuqori lavozimlarda ishlagan.
ANZIBda u kontinental Yevropada elektr energetikasi sohasidagi yirik va murakkab loyihalarni moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan bitimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha Yevropa energetika tashabbusiga rahbarlik qilgan. Bunga qadar esa u loyiha va korporativ moliya bitimlari uchun birlamchi va ikkilamchi sindikatsiyalar boʻyicha anderrayting xizmatlari boʻlimiga rahbarlik qilgan va shu maqomda ishlab chiqarish, isteʼmol tovarlari va farmatsevtika sohalaridagi Global aloqalar boʻyicha katta menejer sifatida Bankning Yevropadagi eng yirik transmilliy mijozlari uchun qiymati 2 milliard AQSH dollaridan ziyod boʻlgan qarzlarni boshqargan va yirik transmilliy mijozlar uchun global miqyosda transchegaraviy moliyalashtirish masalalarida koʻmaklashgan.

Munir London biznes maktabini tamomlagan boʻlib, Moliya va strategiya yoʻnalishi boʻyicha Biznesni boshqarish magistri darajasiga ega. U Buyuk Britaniya fuqarosi.
Markaziy Osiyo boʻyicha vakolatxona rahbari
1989-1992-yillar - Toshkent davlat universiteti talabasi

1992-1996-yillar - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi

1996-1998-yillar - "Oʻzbekselmash" AJda rejalashtirish va iqtisodiyot boʻlimi iqtisodchisi

1999-2001-yillar - Toshkent viloyati hokimligi Ijroiya mahkamasi axborot-tahlil guruhi mutaxassisi

2001-2001-yillar - Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining nazorat sektori yetakchi mutaxassisi

2001-2003-yillar - Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining nazorat sektori boshligʻi

2003-2004-yillar - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Ishlar boshqarmasi nazorat guruhi boshligʻi

2004-2005-yillar - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Aloqa va axborot texnologiyalari boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari

2005-2009-yillar - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Aloqa, transport va axborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi

2009-2012-yillar - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va sanoatni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi

2012-2017-yillar – "Angren" erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi" DUK direktori

2017-2017-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

2017-2019-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

2019-2019-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari

2019-yildan hozirgacha – Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy va kommunal xizmat koʻrsatish vazirining birinchi oʻrinbosari
Elektr energetikasi yoʻnalishi boʻyicha bakalavr
va magistr darajalarini olgandan soʻng janob Xoʻjayev Oʻzbekiston energetika sohasida mutaxassis lavozimidan vazir oʻrinbosari lavozimigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi.

U butun faoliyatini Oʻzbekistonda elektr energetika sanoatini rivojlantirishga bagʻishladi.

2019-yilda u Energetika vazirining energetika sohasini isloh qilish, vodorod energetikasi, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, energetika sohasida investitsiya va DXSH loyihalarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlangan.
Nail Xasanov bank va moliya hamda infratuzilma va loyihalarni moliyalashtirish boʻlimi rahbari. U Oʻzbekistonda kafolatlangan moliyalashtirish, loyihalarni moliyalashtirish, xorijiy investitsiyalar, davlat-xususiy sheriklik (DXSH) va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida (Oʻzbekiston iqtisodiyotining deyarli barcha asosiy tarmoqlarida) moliyaviy bitimlar va loyihalar yuzasidan maslahat berish boʻyicha
15 yildan koʻproq boʻlgan muvaffaqiyatli tajribaga ega.

Chambers and Partners kompaniyasi Nailga umumiy huquqi huquqi sohasidagi 1-toifali advokat reytingini bergan, The Legal 500 kompaniyasi esa uni Oʻzbekistondagi yetakchi amaliyotchi yuristlardan biri sifatida tan olgan.
Janob Oʻzbelge investitsiyalar va DXSH boʻyicha mutaxassis boʻlib, infratuzilmani moliyalashtirish, rivojlantirish, qurilish va investitsiyalar sohalaridagi yetakchi xalqaro kompaniyalar, shu jumladan, General Electric, General Electric Energy, General Electric Capital, PWC, GAMA kabilarda
25 yildan koʻproq vaqt davomida faoliyat yuritgan.

2019-yildan bugungi kunga qadar janob Oʻzbelge Osiyo taraqqiyot bankining grant dasturi doirasidagi maslahatchi sifatida Oʻzbekiston hukumatiga DXSH sohasidagi barcha yirik bitimlarini amalga oshirish hamda DXSH toʻgʻrisidagi qonunni ishlab chiqishda koʻmaklashib kelmoqda.

Janob Oʻzbelge AQSHda auditorlik qilish huquqini beruvchi diplomga ega boʻlib, Kolumbiya universitetining Biznesni boshqarish boʻyicha magistrlik va Bilkent universitetining bakalavr darajalariga ega.
Janob Sukesh sogʻliqni saqlash sohasida (farmatsevtika, tibbiy asbob-uskunalar, diagnostika va biologiya fanlari) biznesni rivojlantirish, strategiyalarni ishlab chiqish va savdoni rivojlantirish masalalarida 12 yildan koʻproq tajribaga ega boʻlgan izlanuvchan mutaxassis.

U koʻplab tashkilotlarning yangi mintaqalarga kirib borishini taʼminlash hamda ularning AQSH, Lotin Amerikasi, Yevropa, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Yaqin Sharq, Rossiya va MDHdagi biznesni rivojlantirish va savdoni kengaytirish bilan bogʻliq faoliyatini boshqarishda muhim ahamiyat kasb etgan.

Hozirgi kunda Sukesh NephroPlus kompaniyasining xalqaro biznesni rivojlantirish boʻyicha vitse-prezident va Nephrocare Health Services kompaniyasining Markaziy Osiyo boʻyicha bosh direktori lavozimlarida faoliyat yuritmoqda. NephroPlus kompaniyasiga ishga kirgunga qadar, u Medlife International kompaniyasida diagnostika boʻlimiga rahbarlik qilgan.

Avvalroq esa u Eurofins Scientific (ilgargi Advinus Therapeutics), BioGenex, Sentiss Pharma va Tata Consultancy Services (TCS) kompaniyalarida faoliyat yuritgan.

Sukesh Gʻarbiy Bengal texnologiya universitetida biotexnologiya boʻyicha bakalavr, Haydarobod universitetida bioinformatika boʻyicha magistr va Dehli universitetining Menejment fakultetida Biznesni boshqarish boʻyicha magistr darajalarini olgan.
Saymon Mur Ashurst LLP kompaniyasidagi Xalqaro loyihalar guruhida menedjer.

Saymon DXSH sohasidagi moliyaviy amaliyotlar boʻyicha maslahat berish borasida 25 yillik tajribaga ega.

Saymon turli sohalarda, shu jumladan, maktablar, kasalxonalar, talabalar turar joylari va uy-joy qurilishi, energetika, chiqindilardan energiya ishlab chiqarish, mudofaa sohasi, yoʻl qurilishi, koʻchani yoritish tizimlari va yengil relsli transport bilan bogʻliq loyihalarida hukumatlar, homiylar va kreditorlar manfaatlarini himoya qilgan. Shuningdek, u rivojlanish sohasidagi loyihalar, qayta muzokara oʻtkazish va restrukturizatsiya, operatsion masalalar va ishlab chiqarish aktivlarini sotib olish bilan bogʻliq yoʻnalishlarda ham faoliyat yuritgan.

Saymon, shuningdek, DXSH sohasiga doir standart shakldagi hujjatlar boʻyicha ham maslahatlar berib keladi.
Janob Sayyid Uddin DXSH sohasidagi tajribali mutaxassis boʻlib, bir qator mamlakatlar, shu jumladan, Buyuk Britaniya (Moliya vazirligi), Bangladesh (DXSHni rivojlantirish organi) va Oʻzbekiston (DXSHni rivojlantirish agentligi) hukumatlariga DXSHni rivojlantirish masalalarida maslahat bergan va bu jarayonga rahbarlik qilgan. U, shuningdek, PricewaterhouseCoopers kompaniyasida DXSH masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimida ham ishlagan.

Janob Sayyid DXSH sohasidagi siyosat boʻyicha maslahatchi sifatida Oʻzbekistondagi DXSH dasturini 2019-yildan, yaʼni dastur boshlanganidan buyon qoʻllab-quvvatlab keladi. Ushbu lavozimga kelishdan avval u 7 yil davomida Bangladesh DXSHni rivojlantirish organi bosh direktori boʻlgan va ushbu mamlakatning DXSH sohasidagi milliy dasturini ishlab chiqish va joriy etish jarayoniga rahbarlik qilgan.
Janob Piter Marro Shveysariya fuqarosi boʻlib, Osiyo taraqqiyot bankida (OTB) 23 yildan koʻproq vaqt davomida faoliyat yuritib kelmoqda.

Hozirgi kunda u Markaziy va Gʻarbiy Osiyo boshqarmasining Mijozlar uchun yechimlar ishlab chiqish guruhi maslahatchisi va rahbari. Mazkur lavozimda u xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar uchun yangi moliyalashtirish yechimlarini ishlab chiqish jarayoniga rahbarlik qiladi. U Markaziy va Gʻarbiy Osiyo boshqarmasi tasarrufida boʻlgan rivojlanayotgan mamlakatlardagi manfaatdor tomonlar bilan, asosan, infratuzilmani moliyalashtirish, DXSH hamda kichik va oʻrta tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash sohalaridagi kredit kafolati sxemalari, aralash moliyalashtirish, kapital bozori vositalari va shu kabi innovatsion moliyalashtirish usullaridan foydalangan holda yaqindan hamkorlik qiladi.

Piter - Bern universitetini tamomlagan boʻlib, aniq fanlar magistri darajasiga ega. OTBga ishga kirishdan avval u Singapur, Filippin va Shveysariyadagi yetakchi xususiy tijorat banklari va kompaniyalarida ishlagan.

Piter Marro
Tel: +63 2 8632-5762
pmarro@adb.org
https://www.adb.org/
Aleksandr Osiyo taraqqiyot bankining Kafolatlar va sindikatli kreditlash guruhining katta mutaxassisi boʻlib, suveren va donor fondlar tomonidan moliyalashtirilgan kreditlar sifatini oshirish masalalariga ixtisoslashadi. U Lotin Amerikasi, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo hamda Tinch okeani mintaqasida amalga oshirilgan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini iqtisodiy tahlilchi, bitimlar boʻyicha maslahatchi va kafolatchi sifatida qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 15 yildan koʻproq boʻlgan tajribaga ega. Sektorlar kesimida u yoʻl qurilishi, dengiz portlari, elektr energiyasi ishlab chiqarish va munitsipal loyihalarning tuzilmalarini shakllantirish bilan shugʻullangan. U, shuningdek, Osiyo Tinch okeani mintaqasi boʻyicha loyihalarni tayyorlash dasturi rahbarlaridan biri boʻlgan.

Aleksandr Jahon bankining Singapur va Vashingtondagi DXSH va kafolatlar boʻlinmalarida xizmat qilgan. Ispan tilida erkin soʻzlashadi, rus va ukrain tillarida muloqot qila oladi.

Aleksandr - Jon Xopkins universitetining "Xalqaro iqtisodiyot" yoʻnalishi boʻyicha magistri darajasiga ega. Shuningdek, u Michigan-Dirborn universitetining bakalavriatini "Xalqaro munosabatlar" yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan.
Janob Lu Global infratuzilma jamgʻarmasiga 2015-yilda infratuzilmani moliyalash boʻyicha yetakchi mutaxassis sifatida qoʻshildi. Bundan avval u 10 yil davomida Jahon banki guruhining Investitsiyalarni kafolatlash boʻyicha koʻp tomonlama agentligida (IKKA) faoliyat yuritgan. IKKAda ishlagan davrida Jeyson dunyoning turli mamlakatlarida energetika va infratuzilma sohalarida amalga oshirilgan keng koʻlamli va murakkab loyihalarda ishtirok etgan. Oʻz faoliyati davomida Jeyson murakkab loyihalarni boshqarish va yakunlash, mijozlarga rivojlanayotgan bozorlar va mamlakatlarda ularning investitsiyalari va moliyalashtirish ehtiyojlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida infratuzilmani moliyalashtirish, xavflarni kamaytirish va kredit sifatini oshirish masalalari yuzasidan maslahat berish boʻyicha katta tajriba va bilim toʻplagan. Jahon bankidagi faoliyatiga qadar Jeyson Bank of America bankida Global loyihalarni moliyalashtirish guruhida ishlagan boʻlib, u yerda moliyaviy amaliyotlarni strukturalashtirish va amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan. Shuningdek, u ABB Energy Capital va State Street Bank va Trust Company kompaniyalarida faoliyat yuritgan.
Janob Takeo Koike Osiyo va Tinch okeani mintaqasida xususiy sektor infratuzilmasini moliyalashtirish va davlat-xususiy sheriklik (DXSH) sohasida 25 yildan koʻproq boʻlgan tajribaga ega.

Hozirgi kunda janob Koike OTBning Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqalari hamda Janubi-Sharqiy Osiyodagi ikki davlatda amalga oshirilayotgan DXSH loyihalari doirasida bitimlar boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatish jarayoniga rahbarlik qiladi. Bungacha u qariyb 15 yil davomida loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha bankir sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u Yaponiya Moliya vazirligida xalqaro rivojlanish sohasidagi moliyalashtirish siyosatini ishlab chiqish va muvofiqlashtirish bilan shugʻullangan.
Hasan Hasanov DXSHni rivojlantirish agentligida Energetika, transport, aloqa va boshqa sanoat sektorlaridagi DXSH loyihalarini amalga oshirish uchun masʼul. DXSHni rivojlantirish agentligiga ishga kelgunga qadar Hasan "Oʻzbekgidroenergo" AJda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.
U OTB, YETTB, FTA va Jahon banki bilan ishlash tajribasiga ega.

Shuningdek, u koʻp yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ishlagan.

Hasan Toshkent davlat sharqshunoslik institutining marketing va menedjment hamda Kyonxi universitetining (Koreya Respublikasi) xalqaro savdo va iqtisodiy hamkorlik yoʻnalishi boʻyicha magistrlik darajasiga ega.
Daniyaning Orxus Universitetida Moliya va xalqaro biznes yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasini olgach, Nodirbek Sobirov Yevropa davlatlari va Oʻzbekistonda moliyaviy menejment va bank ishi sohalarida faoliyat yuritgan.

2021-yildan buyon janob Sobirov Oʻzbekiston Moliya vazirligi Gʻaznachilik boshligʻi oʻrinbosari lavozimini egallab kelmoqda. Uning xizmat vazifalariga quyidagilar kiradi:
- Moliya vazirligi tizimida xatarlarni boshqarish va xedjlash amaliyotlarini joriy etish
- Gʻaznachilikdagi likvidlik va pul amaliyotlarini boshqarish (21 mlrd. AQSH dollaridan ortiq miqdordagi tashqi qarz, 18 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi Davlat byudjeti)
- Tashqi qarzga barqaror xizmat koʻrsatish boʻyicha Kafolat jamgʻarmasini boshqarish
- Derivativlar sohasidagi huquqiy islohotlarni amalga oshirish loyihasini boshqarish
- Suveren aktivlar boʻyicha majburiyatlarni boshqarish loyihasini boshqarish
- Xalqaro moliyaviy institutlar, xalqaro korporativ banklar va reyting kompaniyalari bilan xalqaro aloqalarga rahbarlik qilish.
The OPPP supports enhancing enabling environments and provides transaction advisory services for greater sustainable economic growth in the region through PPPs. Having been an investment banker for 11 years and in ADB since 2020, she has in-depth experience of private and public sector. She has had the Deputy Director General role in Southeast and Central West Asia and was Energy Director for Central West managing a $7bn portfolio and leading the Central Asia Regional Economic Cooperation Energy Committee.
Janob Otabek Fozilkarimov oʻz mehnat faoliyatini 2007-yilda Moliya vazirligining Ijtimoiy soha va ilm-fanni moliyalashtirish Bosh boshqarmasining Ilm-fanni moliyalashtirish boshqarmasi 1-toifali iqtisodchisi lavozimida boshlagan.

2008-2011-yillarda u Moliya vazirligining Ijtimoiy soha va ilm-fanni moliyalashtirish Bosh boshqarmasining Sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilishni moliyalashtirish boshqarmasida 1-toifali iqtisodchi lavozimida faoliyat yuritgan.

2011-yilda bosh iqtisodchi lavozimiga tayinlangan.
2020-yilda Moliya vazirligining Aholini ijtimoiy muhofaza qilish va sogʻliqni saqlash sohasidagi byudjet siyosati boshqarmasi boshligʻi, Ijtimoiy muhofaza sohasidagi byudjet siyosati departamenti direktori boʻlgan.

2021-yildan - shu kungacha Moliya vazirligining Sogʻliqni saqlash va sport sohasidagi byudjet siyosati departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Janob Akar DXSH asosida pullik yoʻllar, aeroportlar, dengiz portlari, ijtimoiy infratuzilma (shifoxonalar) va energetika inshootlari kabi yirik infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish, baholash, shakllantirish va moliyalashtirish boʻyicha 25 yildan koʻproq boʻlgan tajribaga ega. U Turkiyadagi eng yirik loyihalardan biri - Shimoliy halqa avtomagistrali va 3-Bosfor koʻprigi qurilishi jarayonida moliya direktori boʻlgan.

Hozirgi kunda janob Akar Turkiyaning IC Holding kompaniyasida investitsiyalar boʻyicha direktor lavozimida ishlab kelmoqda. Bunga qadar u turli investitsiya xoldinglarida strategiya, investitsiyalar va biznesni rivojlantirish masalalari bilan shugʻullangan. Shuningdek, u xalqaro jamgʻarmalarda (Markaziy Osiyo mintaqaviy taraqqiyot jamgʻarmasi hamda Ruminiya taraqqiyot jamgʻarmasi) Aktivlar boʻyicha menedjer lavozimida ishlagan.

London biznes maktabining moliya yoʻnalishidagi magistrlik darajasiga, Koch universitetining Binesni boshqarish (MBA) yoʻnalishidagi magistrlik darajasiga hamda Yaqin Sharq texnika universitetining qurilish muhandisligi yoʻnalishidagi bakalavr darajalariga ega.
Mukta Malhotra has been working with ADB since 2018. She covers projects across sectors spanning from hard infrastructure projects viz. Road, Water to social infrastructure projects viz. healthcare, education etc., in Central West Asia and South Asia region as part of Office of PPP.

Prior to joining ADB, Mukta was the Vice President of Infrastructure Group in SBI Capital Markets Limited based in Mumbai, India. She has over 10 years of advisory and funds' mobilization experience in India, Bangladesh, Bhutan and Egypt.
Enrico Pinali is the Deputy Country Director of ADB's Resident Mission in Uzbekistan. In his current
role, he oversees ADB's work in Uzbekistan in the areas of Finance and Private Sector, including
Public Private Partnerships. He has more than 18 years of professional experience, nearly 7 years of
which spent in ADB. Previously he also held the roles of investment officer in the Inter-American
Development Bank and financial sector specialist in the World Bank Group. Mr. Pinali holds Dual
Masters' degrees in Business Administration and Global Finance, Trade and Economic Integration
from the University of Denver, USA and a Laurea in Political Science with a specialization in
International Economic Relations from University of Bologna, Italy. He is also a Certified Public-
Private Partnership Professional (CP3P). Asian Development Bank, Deputy Country Director Uzbekistan Resident Mission
Qurilish va energetika sohalarida oʻn yildan oshadigan tajribaga ega boʻlgan Honiy oʻz timsolida koʻp yillik texnik tajriba va bilim bilan bir qatorda, Saudiya Arabistoni energetika bozorini ich-ichidan tushunishdek muhim xususiyatni uygʻunlashtirgan. 2008-yilda tashkil etilgan Lamar Holding kompaniyasining asoschilaridan biri boʻlgan holda, Honiy kompaniya vitse-prezidenti lavozimini egallab kelmoqda. Ushbu maqomda u Lamar Holding Saudiya Arabistoni Qirolligi DXSH sektoridagi yetakchilardan biriga aylanishiga shaxsan boshchilik qilib, asosiy eʼtiborni zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish va loyihalarni sifatli amalga oshirishga qaratmoqda.
2018-yildan buyon Honiy Lamar Holding kompaniyasi tomonidan boshqariladigan DXSH loyihalariga bir milliard Saudiya Arabistoni riolidan (SAR) ziyod miqdordagi kapital qoʻyilmalar va boʻlajak DXSH loyihalari, shu jumladan, Atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy masʼuliyat va samarali boshqaruvga asoslangan loyihalar uchun esa 15 milliard SAR jalb qilinishiga erishdi.
Temurjon Komilov 2004-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiy aloqalar fakultetini tamomlagan. 2005-2017-yillarda davlat moliya organlari tizimida ishlagan.

2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasida faoliyat yuritgan. 2018-yildan byudjet tashkilotlarining xarajatlarini shakllantirilishi va ijrosini nazorat qilish boʻyicha bosh inspektor lavozimida ishlagan.
Richard leads PwC's global Capital Projects & Infrastructure group. This group works with clients on capital projects throughout the project lifecycle from strategy through to delivery. He has been a partner at PwC since he joined the firm in 1999 and has over 20 years' experience working on private and publicly financed infrastructure projects globally. He has advised governments, regulators, corporates and investors on infrastructure strategy, development and financing. On a sectoral basis he has led a multitude of projects across all aspects of transport (road, rail, airports and ports), power (nuclear and interconnector), social (hospitals) and environmental (water and solid waste).
Since his appointment as the VP of Business Development for TAV Airports Holding, Mr Fatih Omur has been leading the strategy, business development and investment activities of TAV Airports together with a core group directly working with Deputy CEO of the company.

Having a wealth of experience in airport and airline operations, privatizations, public-private partnerships and acquisitions for 15 years, Mr. Omur managed several successful bids & acquisition processes for TAV.
Since 2021, Ms. Wiebke Schloemer is the Director for Turkey and Central Asia. In this role, she leads IFC's operations in the region, with a specific focus on improving infrastructure, increasing effectiveness of agribusiness, supporting climate-friendly innovations in manufacturing, and strengthening local capital markets.

Ms Schloemer has over 20 years' experience with both equity and debt investments in emerging markets, supporting companies to grow and maintain sustainable value, in line with the highest environmental, social and governance standards, both through direct investments and working with private equity funds.

Ms Schloemer joined IFC in 2004 as an Investment Officer in the telecoms, media and technology group in Washington, DC. Since 2004, she has held regional leadership roles based in Istanbul, Hong Kong, and Vienna.

Before joining IFC, she worked with the European Investment Bank in Luxembourg and the German Development Bank DEG/KfW Banking Group in Cologne, Germany.

Ms Schloemer has a Master degree in Economics and Finance from the University of Göttingen in Germany and holds a Postgraduate degree in Development Policy from the German Development Institute.
Ms. Colbert has been appointed as IFC's Regional Manager for Central Asia.
Before her appointment she was a Country Manager of Côte d'Ivoire, Guinea, Mali, Liberia and Sierra Leone, in the IFC's Africa Department. Ms. Colbert joined IFC in 1997 as an Associate Investment Officer in the Latin American and Caribbean Department in Washington, DC. In 2000, she moved to IFC Guatemala office,covering IFC's new business and portfolio for the Central America region, until 2002 when she returned to Washington, DC. In 2004, she joined the Africa Department, moving to the Johannesburg office, with following assignments in Ghana, Cameroun, assuming a broad variety of responsibilities, ranging from deal origination and processing, to portfolio supervision, restructurings, and recruitment, while managing key government and privatesector clients. In 2010, she re-opened IFC's office in Cote d'Ivoire, playing a key role in building up IFC's brand and pipeline in the country, developing investment and advisory transactions.

Prior to joining IFC, Ms. Colbert worked as a mechanical engineer for Shell Oils, and then for a short time as a bank examiner. She holds an MBA in Banking and Finance from the University of Rochester.
Anand has an experience of over 15 years in Project Financing, Project Development, M&A, and Project Restructuring. He has successfully worked on 37 projects totaling US$27B. Moreover, he has successfully achieved Financial Close of projects worth US$7B, many of them being competitively tendered bids.
Minsu JANG is the Team Leader of Overseas Business Development Team as a General Manager in DL E&C (previously known as DAELIM). He was also in charge of business development for EU/CIS region as a team leader. He has more than 16 years of experience in the engineering, construction and development of large-scale infrastructure projects including the world`s longest suspension bridge which is named 'Canakkale Bridge' in Turkey. The projects which were undertaken during his service include total PPP Portfolio of $4.0 Billion USD covering the 'Canakkale Bridge' in Turkey and 'Gulpur Hydropower Plant' in Pakistan. He also managed several successful EPC bids for wastewater projects in Korea especially one of its capacity is 1.5milion ton per day in Seoul.
Panelists
  • ACWA Power kompaniyasi
    Investitsiyalar boʻyicha bosh direktor
  • Veolia kompaniyasi
    Appointed CEO of Veolia Energy Tashkent LLC
  • EDF kompaniyasi
    Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha vitse-prezident
  • Metito kompaniyasi
    Boshqaruvchi direktor
  • Almar Water Solutions kompaniyasi
    Vitse-prezident,
    Global biznesni rivojlantirish boʻyicha direktor
  • TAV Airports Holding
    Vice President – Business Development
  • Meridiam kompaniyasi
    Yevroosiyo mintaqasi boʻyicha direktor
  • K-water agentligi
    Bosh direktor
  • CCN Group kompaniyasi
    Biznesni rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha direktor
  • Voltalia kompaniyasi
    Markaziy va Sharqiy Yevropa, Bolqon mintaqasi va Markaziy Osiyo boʻyicha boʻlinma boshligʻi
  • Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi "Uzbekistan Airport" AJ
    Bosh ijrochi direktor
  • Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
    Moliya vaziri
  • Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
    Moliya vazirining oʻrinbosari
  • Osiyo taraqqiyot banki
    Oʻzbekistondagi vakolatxona rahbari
  • Osiyo taraqqiyot banki
    Davlat boshqaruvi, moliya va savdo boʻlimi direktorii,
    Moliya sektori guruhi hamraisi
  • Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
    Vazir oʻrinbosari
  • Moliya vazirligi huzuridagi DXSHni rivojlantirish agentligi
    Boʻlim boshligʻi
  • Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
    Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha boshqaruvchi direktor
  • Ernst & Young kompaniyasi
    (Markaziy, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyo mintaqasi)
    Infratuzilma boʻyicha katta maslahatchi
  • Islom taraqqiyot banki
    Davlat-xususiy sheriklik (DXSH) boʻyicha menedjer
  • Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
    DXSHni rivojlantirish agentligi direktori
    vazifasini bajaruvchi
  • Moliya vazirligi huzuridagi DXSHni rivojlantirish agentligi
    Energetika sektori boʻyicha maslahatchi
  • Osiyo taraqqiyot banki
    DXSH tematik guruhi rahbari
  • International Monetary Fund
    IMF Resident Representative
  • Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB)
    Barqaror infratuzilma siyosati va loyihalarni tayyorlash masalalari boʻyicha direktor
  • Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK)
    Mintaqaviy menedjer va moliyaviy bitimlar boʻyicha maslahat xizmatlari rahbari
  • PwC LLP
    Partner
  • Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
    Vazirning birinchi oʻrinbosari
  • Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
    Vazir oʻrinbosari
  • "Kosta Legal" yuridik firmasi
    Sherik
  • Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
    DXSH masalalari boʻyicha tijorat maslahatchisi
  • NephroPlus kompaniyasi
    Xalqaro biznesni rivojlantirish boʻyicha vitse-prezident
  • Ashurst LLP kompaniyasi
    Xalqaro biznesni rivojlantirish boʻyicha vitse-prezident
  • Moliya vazirligi huzuridagi DXSHni rivojlantirish agentligi
    DXSH sohasidagi siyosat boʻyicha maslahatchi
  • Osiyo taraqqiyot banki
    Markaziy va Gʻarbiy Osiyo boshqarmasi
    Bosh direktori idorasi huzuridagi Mijozlar uchun yechimlar ishlab chiqish guruhi maslahatchisi va rahbari
  • Osiyo taraqqiyot banki
    Investitsiyalar boʻyicha katta mutaxassis (kafolatlar)
  • Katta yigirmatalik (G20) tashabbusi
    Global infratuzilma jamgʻarmasi rahbari
  • Osiyo Taraqqiyot Banki
    Davlat-Xususiy Sheriklik Boshqarmasi
    1-Maslat Bo'limi Direktori
  • Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi DXSHni rivojlantirish agentligi
    Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari
  • Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
    Ijrochi maslahatchi va Moliya vazirligi Gʻaznachilik boshligʻining oʻrinbosari
  • AXELCIUM konsalting kompaniyasi
    Bosh ijrochi direktor
  • IFC
    Regional Manager for Central Asia
  • Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
    Vazir oʻrinbosari
  • IC Holding kompaniyasi, Turkiya
    Investitsiyalar boʻyicha direktor
  • Asian Development Bank
    Public-Private Partnership Specialist
  • Asian Development Bank
    Deputy Country Director Uzbekistan Resident Mission
  • Lamar Holding kompaniyasi
    Vitse-prezident
  • Synergy Consulting IFA
    Chief Operating Officer
  • General Manager and Team Leader of Overseas Business Development
    DL E&C