• Oʻzbekiston hukumatining keng koʻlamli islohotlari doirasida boshlangan davlat-xususiy sheriklik (DXSh) dasturi soʻnggi uch yilda sezilarli darajada muvaffaqiyatlarga erishdi. Koʻp tomonlama sheriklar tarafidan qoʻllab-quvvatlangan dasturni tizimli ravishda amalga oshirish strategiyasiga asoslangan holda hukumat turli soha va yoʻnalishlarni qamrab olgan bir necha milliard AQSH dollarlik DXSh portfelini ishlab chiqdi. Erishilgan oʻsish surʼatlari natijasida Oʻzbekistonda DXSh bozori jadal rivojlanayotgan yetakchi yoʻnalishlaridan biriga aylandi.

    Hukumatning islohotlar strategiyasini namoyish etish maqsadida, 2021-yil sentyabr oyida Oʻzbekiston tarixidagi ilk O'zbekiston Iqtisodiy Forumi oʻtkazilib, unda butun dunyodan kelgan 1200 nafar xalqaro moliya institutlari va xususiy sektor rahbarlari ishtirok etdi. Forum davomida ishtirokchilar respublika miqyosida amalga oshiriladigan kelgusi harakatlar yuzasidan fikr almashdilar, istiqboldagi imkoniyatlarni muhokama qildilar va hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlashlarini bildirdilar. Joriy yilning 20-may kuni

    Oʻzbekistonda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan DXSh mavzusiga bagʻishlangan xalqaro davra suhbati Iqtisodiy forum davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasidagi tadbirlardan biri boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasida DXSh dasturini amalga oshirish borasida erishilgan natijalar toʻgʻrisida kengroq maʼlumot berish va jismoniy hamda ijtimoiy infratuzilma sohalariga DXSh tamoyili asosida kiritilishi mumkin boʻlgan investitsiya imkoniyatlarini taqdim etishga qaratilgan.

    Mazkur tadbirda DXSh sohasidagi siyosatni milliy va xalqaro miqyosda shakllantiruvchi shaxslar, regulyatorlar, xususiy investorlar, moliya sohasining yetakchi vakillari, shuningdek, Oʻzbekistonda mamlakatning kelajakdagi iqtisodiy oʻsish yoʻnalishlarini belgilaydigan yuqori martabali hukumat vakillari ishtirok etadilar.
Ma'lumotlar
  • Toshkentda joylashish uchun tavsiya etilgan mehmonxonalar haqida foydali ma'lumotlarni topshingiz mumkin
  • Foreign citizens and stateless persons can get visas at the diplomatic representations and consular missions...
  • You may find useful information about recommended travel agencies for your travel in Uzbekistan
Organizers
With the support of: